
Moyze Kin yana Italiyaga qaytishi mumkin
“Everton”ga moslashib keta olmayotgan hujumchi Moyze Kin yana Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin.
Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli italiyalik futbolchiga “Roma” jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Rimliklar uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan yarim yilga ijaraga olishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Kin “Everton” safiga joriy yozgi transferlar davrida 27,5 mln evro evaziga “Yuventus”dan ko‘chib o‘tgan edi. U hozircha APLda 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va bor yo‘g‘i 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar