Moyze Kin "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytiradi

  • 23.04.2019 19:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning “Yuventus” klubi forvardi Moyze Kin jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga tayyor. Bu haqda Tuttsport nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaning yozishicha tomonlar kelishuvni uzaytirish bo‘yicha deyarli kelishuvga erishib bo‘lishgan. Unga ko‘ra 19 yoshli italiyalik futbolchi “keksa sinora” bilan 2024 yilga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekadi. Shundan so‘ng uning yillik maoshi 550 ming evrodan 2 mln evrogacha oshiriladi.

Tez orada Kinning agenti Mino Rayola "Yuve" sport direktori Fabio Paratichi bilan ushbu masala yuzasidan so‘nggi muzokaralarni o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!