
Muaytaychilarimiz jahon chempionatini 8 ta medal bilan yakunlashdi
BAAning Abu-Dabi shahrida bir necha kun davom etgan muaytay bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga etdi.
Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 8 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bosh murabbiy Firdavs Nabiev hamda katta murabbiylar Murod Xalmanov va Javohir Ahmadjonov qo‘l ostida tayyorgarlik ko‘rgan vakillarimiz bor imkoniyatini ishga solgan holda, ajoyib janglarni o‘tkazdi. Ba’zilariga yarim finalda omad yuz o‘girgan bo‘lsa, uch nafar vakilimizga final janglarida biroz tajriba etishmadi. Biroq, ushbu jahon chempionatida yosh va kuchli terma jamoa shakllanib kelayotganligiga guvoh bo‘ldik.
Shu tariqa muaytaychilarimiz jaxon chempionatini 5 ta bronza hamda 3 ta kumush medal bilan yakunlashdi.
Quyida, sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz bilan tanishishingiz mumkin!
Bronza:
45 kg
Yusufjon Yusupov,
51 kg
Zubayr Husanov,
54 kg
Ibroxim Mamatqulov,
67 kg
Karimjon Karimov,
91 kg
Akobir Qahramonov.
Kumush:
48 kg
Asror Karimov,
60 kg
Davlat Shamsiev,
+91 kg
Elshod Tojiboev.
Fikrlar