Muhammad anchagacha futbol o‘ynolmaydi
Angliya Premier-ligasida ishtirok etayotgan “Tottenxem”ning hujumkor futbolchisi Muhammad Qudus son mushagidan olgan jarohati sababli uch oydan ortiq vaqt davomida futbol o'ynolmaydi.
Qudus Premier-liga doirasida “Sanderlend”ga qarshi o'tkazilgan uchrashuvning 19-daqiqasidayoq maydonni tark etishga majbur bo'ldi.
Endi 25 yoshli ganalik futbolchi maydonga faqat mart oyidagi xalqaro tanaffusdan keyin, Premier-liga 11 apreldan qayta boshlangachgina qaytishi mumkin.
- Afsuski, o'tkazilgan qo'shimcha tibbiy ko'rik davomida Muhammad Qudusning shikastlanish darajasi kutilganidan jiddiyroq bo'lib chiqdi. Biz uni mart oyidagi xalqaro tanaffusdan keyin qaytishini kutyapmiz, - dedi “Tottenxem” bosh murabbiyi Tomas Frank.
Eslatib o'tamiz, Muhammad Qudus o'tgan yoz 55 million funt sterling evaziga “Vest Xem”dan “Tottenxem”ga ko'chib o'tgan edi. Hujumkor futbolchi “shporlar” safiga qo'shilganidan buyon joriy Premier-ligada ikkita gol va beshta assist muallifi bo'ldi.
Fikrlar