
Muhammad Saloh badavlat klubga “yo‘q” dedi!
“Liverpul” etakchisi Muhammad Salohning klubdagi kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi. Klub futbolchini hamkorlikni davom ettirishga ko‘ndira olgani yo‘q.
32 yoshli to‘purar atrofida transfer xabarlari qaynayapti. Anchadan beri Saudiya Arabistoni klublari Salohni o‘z ligalariga olib ketmoqchi bo‘lyapti.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, Muhammad Saloh bu yoz “Al-Hilol” safiga o‘tmaydigan bo‘ldi. Tajribali to‘purar faoliyatini Evropada davom ettirishga qaror qilgani aytilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Salohning agentlari ayni paytda Saudiya Arabistoni klublari bilan faol muloqot olib borayotgani yo‘q.
Avvalroq, “Al-Hilol” Salohni olish uchun katta taklif tayyorlayotgani va hujumchi joriy mavsum yakunlanishi bilan Saudiya Arabistonga yo‘l olishi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
Fikrlar