Muhammad Saloh haqidagi xabarlarga ishonmanglar!

  • 16 sentabr, 2024, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Salohning kelasi yoz jamoadan ketishi haqida xabarlar tobora ko‘payib bormoqda.

Misrlik futbolchining agenti Rami Abbos Issa o‘yinchi atrofidagi vaziyatga oydinlik kiritdi.

- Aksariyat jurnalistlar Muhammadning kelajagi haqida ichki manbalardan informatsiya olayotganini iddao qilmoqda.

Shuni ochiq aytishimiz kerakki, Saloh yaqin manbaning o‘zi yo‘q. Ular o‘quvchilarning e’tiborini tortish maqsadida o‘zlari bilmaydigan narsalarni ham yozishyapti, - dedi Rami Abbos Issa.

Muhammad Saloh “Liverpul”da 2017 yildan beri o‘ynab kelmoqda. 32 yoshli hujumkor futbolchi hozirga qadar 352 ta uchrashuvda 214 ta gol va 92 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!