
Muhammad Saloh o‘zini hayratga solgan futbolchilar nomini aytdi
“Liverpul” to‘purar Muhammad Saloh o‘zini hayratga solgan charm to‘p ustalari borligini alohida e’tirof etdi.
- Menga Ronaldo, Zinedin Zidan va Franchesko Totti qanday o‘ynagani juda yoqadi. Men ularning o‘yinini tomosha qilib, rohat olardim.
Evropada o‘ynay boshlaganimda Krishtianu Ronalduni ham kuzatib borganman. U futbolga borini bag‘ishlagan. O‘ziga bo‘lgan e’tiborini aqlbovar qilmaydi. Buning samarasini uning natijalaridan bilib olish mumkie.
Menda Totti bilan o‘ynash imkoniyati bo‘lgan. Ikki yil davomida u bilan “Roma”da birga to‘p tepganman. Bu ajoyib damlar edi. Uning texnikasi g‘aroyib edi. Bundan tashqari, Totti juda yaxshi inson, - dedi Muhammad Saloh.
Fikrlar