
Muhammad Saloh qaerda o‘ynashni hal qildi
“Liverpul”ning eng zo‘r to‘purari Muhammad Salohning kelajagi mavhum bo‘lib turgandi. Yozda shartnomasi yakunlanadigan misrlik futbolchi bir necha oydan beri klub bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.
Bu tarafdan 32 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘layotgan badavlat klublar uning yakuniy qarorini kutib turibdi.
Taniqli insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, Muhammad Saloh “Liverpul”da qolishga qaror qildi.
2017 yildan beri “Liverpul” sharafini himoya qilayotgan Saloh “qizillar” bilan shartnomasini 2027 yilning yozigacha uzaytiradi. Bundan tashqari, tomonlar o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni yana 12 oyga cho‘zish huquqiga ega.
Fikrlar