
Muhammad Salohdan ajoyib rekord
Angliya premer-ligasining birinchi turida “Liverpul” safarda “Norvich” ustidan 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.
Mehmonlarning uchinchi goliga mualliflik qilgan Muhammad Saloh tarixiy natija qayd etdi. 74-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etgan misrlik hujumchi Angliya premer-ligasida ketma-ket beshinchi marotaba ilk turda gol urgan yagona futbolchiga aylandi.
Muhammad Saloh 2017 yili “Liverpul” safiga ko‘chib o‘tgandi. Shundan beri mashhur to‘purar har mavsum start uchrashuvida gol urmoqda. Afrikalik hujumchi ikki marta Angliya chempionati “Oltin butsa”sini ham qo‘lga kiritgan.
Fikrlar