Muҳammad Saloҳnikida janoza bo‘lib qoldi
“Liverpul”ning eng mashhur hujumchisi Muhammad Saloҳ oilasida qaygʻuli voqea yuz berdi. Jurnalist Ismoil Mahmudning xabar berishicha, Saloҳning bobosi vafot etgan.
Hozircha hech qanday qoʻshimcha maʼlumot berilmayapti. Endi Muhammad Saloҳ bobosining janozasida ishtirok etish uchun bir muddat “Liverpul” qarorgohini tark etishi mumkin.
Yakshanba kuni “Liverpul” oʻz uyida “Manchester Siti”ga 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Endi Arne Slot shogirdlari shu kunlarda ikki oʻyin oʻtkazadi. “Liverpul” Premyer-ligada “Sanderlend” bilan kuch sinashishi va Angliya kubogida “Brayton”ga qarshi maydonga tushishi lozim.
2025-2026 yildgi mavsumda 33 yoshli Saloҳ barcha turnirlarda 25 ta oʻyin oʻtkazib, olti gol va olti golli uzatma muallifi boʻlgan.
Fikrlar