Muҳammad Saloҳning keyingi manzili aniq bo‘ldi

  • 28.12.2025 11:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Misr terma jamoasi va “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloҳning Angliya Premier-ligasi chempioni safidagi kelajagi hali ham mavhum bo‘lib turibdi.

Yaqinda bosh murabbiy Arne Slot bilan ziddiyatga borgan 33 yoshli hujumchining atrofidagi vaziyatini kuzatib turgan klublar safi tobora kengayib bormoqda va ulardan ayrimlari transfer takliflarini bera bo‘ldi.

Xususan, Saloҳ manfaatlarini himoya qilayotgan futbol agenti Rami Abbos o‘z mijozining “Fenerbahçe”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

- Muhammad Saloҳ yo “Liverpul”da qoladi, yoki Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tadi, - dedi Rami Abbos Misrning “Saboh” nashri jurnalistlari savoliga javob berib.

Avvalroq, Yevropa matbuotida hujumchining Turkiya klubiga o‘tishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Biroq Istanbul klubi bilan futbolchining vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatilgandan so‘ng, bu ehtimol istisno qilindi.

Olib borilgan muzokaralarda Saloҳ atrofidagilar tomonidan hujumchining maqsadlaridan kelib chiqqan holda tez va aniq javob berildi.

Muhammad Saloҳning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Biroq “Liverpul”dagi vaziyatdan kelib chiqib, tajribali o‘yinchi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!