Muhammadsalim Sotvoldiev Moskvada jang qiladi

  • 02.02.2022 16:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

3 fevral kuni Rossiyaning Moskva shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi. Mazkur jang kechasida o‘zbekistonlik Muhammadsalim Sotvoldiev ham ringga ko‘tariladi. 

U mezbonlar vakili Georgiy Cheloxsaevga qarshi jang qiladi. Ushbu jang super engil vazn (63.5 kg) toifasida va reyting maqomida bo‘lib, 8 raunddan iborat bo‘ladi. Bugun ushbu jang avvalidagi vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi va unda har ikki bokschi vazn me’yorini bajardilar. 

Ma’lumot uchun, Cheloxsaev faoliyati mobaynida 19 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan bo‘lsa, hamyurtimizning ko‘rsatkichi 7 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat hamda 2 durangdan iborat. 

Shu o‘rinda yurtdoshimizga mazkur jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

salimboy3

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!