
“Muhammadziyo” taekvondochilari nufuzli musobaqada qatnashadi
Gruziyaning Batumi shahrida Olimpiya sport turi - taekvondoning VT yo‘nalishi bo‘yicha “Batumi open – 2024” chempionati o‘tkaziladi.
Ushbu musobaqada dunyoning turli mamlakatilaridan kelgan sportchilar bolalar, yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkaziladigan bellashuvlarda g‘oliblik uchun kuch sinashadi.
Turnirda yurtimiz sharafini “Tornado” klubining “Muhammadziyo” jamoasida taekvondo sirlarini o‘rganayotgan jami besh nafar sportchi himoya qiladi.
Ularni musobaqaga sportchilarni murabbiy Ahror Asrorov tayyorlagan.
- Xalqaro miqyosdagi musobaqalar sportchilarning tajribasi va mahoratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, xorijdagi bellashuvlarda qatnashish o‘g‘il-qizlarda vatanga muhabbat, ona-onani e’zozlash, yaqinlarini qadrlash kabi fazilatlarni ham shakllantirishga xizmat qiladi.
Qolaversa, shogirdlarimiz xalqaro musobaqaga mezbonlik qilayotgan davlatlar bilan tanishadi, shu mamlakat xalqi urf-odatlari, madaniyati haqida bilimga ega bo‘ladi.
Sportchilarimiz Batumidagi musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rdi. Ular kuchaytirilgan mashg‘ulotlarda mahoratini oshirdi. Mashg‘ulotlardagi mehnatlari samarasini endi maydondagi bellashuvlar ko‘rsatadi, - dedi jamoa murabbiyi Ahror Asrorov.
“Batumi open – 2024” chempionati bellashuvlari 2-4 avgust kunlarii o‘tkaziladi.
Bolalar o‘rtasidagi bahslarda Abdurahmon Xudoyberdiev ishtirok etadi. Yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Abdurahmon Rasulov va Mustafo Rizaevga ishonch bildiriladi.
Kattalar ishtirokidagi musobaqada Ahmad Solihov hamda Nozima Rahimjonova mahorati ko‘rsatishi talab etiladi.
Bo‘lajak bellashuvlarda hamyurtlarimizga zafar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Fikrlar