“Muhammadziyo Taekwondo Academy” sportchilari Olmaotadan 40 ta medal bilan qaytmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yil 13–14 iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida klublar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro taekvondo (WT) musobaqasida “Muhammadziyo Taekwondo Academy” jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Akademiya musobaqaga 45 nafar dubl bilan tashrif buyurib, yakunda: 18 ta oltin medal, 8 ta kumush medal, 11 ta bronza medal qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, yana bir musobaqada akademiya sportchilari Rizaev Mustafo, Tulkunov Abdulloh va Ikramov Akbarjon ishtirok etib, har biri oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Natijada, “Muhammadziyo Taekwondo Academy” sportchilari Olmaota safarini 21 ta oltin, 8 ta kumush va 11 ta bronza medal bilan yakunladilar.

Mazkur natija akademiya sportchilarining xalqaro maydondagi raqobatbardoshligi va o‘zbek taekvondo maktabining salohiyatini yana bir bor namoyon etdi. Murabbiylar jamoasi sportchilarni kelgusi musobaqalarga yanada puxta tayyorlash ustida ish olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!