Muhim o‘yinlar oldidan PSJ yulduzi safga qaytdi
PSJ yulduzi Neymar jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytdi.
Braziliyalik yulduz terma jamoasi mashg‘ulotlarini 13 noyabr kuni tark etishga majbur bo‘lgandi. U Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan "Istanbul" klubiga qarshi uchrashuvda jarohat olib, 26-daqiqada almashtirilgan edi.
28 yoshli vinger oyoq mushaklaridagi jarohatidan qutilib, yana jamoadoshlari bilan birgalikda shug‘ullanmoqda. Avvalroq, parijliklar rahbariyati Neymarda jarohat bo‘la turib, terma jamoa yig‘iniga jalb qilinganidan norozi bo‘lgandi.


Fikrlar