
Muhim uchrashuvlar oldidan "Manchester Siti"da yo‘qotish
"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Jon Stounz jarohati sabab 3 hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Shu tariqa, Stounz jamoasining Angliya Premer-ligasidagi muhim o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. Angliyalik futbolchi hozirda chempionlik poygasida peshqadamlik qilayotgan "Arsenal" va Londonning yana bir klubi "Tottenxem"ga qarshi o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi. Shuningdek, 28 yoshli himoyachi Chempionlar ligasining nimchorak finalida "Leyptsig"ga qarshi birinchi o‘yinda ham maydonga tushmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Stounz joriy mavsum "shaharliklar" safida APLning 14 o‘yinida maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar