Mukofot jamg‘armasi 25 mln so‘m bo‘lgan shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi
Joriy yilning 1 iyulidan shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati (Oliy Liga) bahslariga start berildi. Mukofot jamg‘armasi 25 mln so‘mni tashkil etuvchi mazkur musobaqa 13 turdan iborat bo‘lib, unda O‘zbekistonning eng kuchli 13 shaxmatchisi o‘zaro dona surishmoqda. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Xalqaro Shaxmat Akademiyasi binosida o‘tkazilayotgan bahslarda Nodirbek Abdusattorov, Marat Jumaev, Javohir Sindarov, Saidali Yuldashev, Nodirbek Yoqubboev kabi Xalqaro grossmeysterlar g‘oliblik uchun kurash olib borishmoqda.
Chempionatga 14 iyul kuni yakun yasaladi va g‘olib hamda sovrindorlar taqdirlanadi.
Fikrlar