Mundialga g‘olib bo‘lish uchun terma jamoalarning imkoniyatlari baholandi. O‘zbekistonning imkoniyati qancha?

  • 05.12.2025 19:17
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Mashxur analitik nashr "Opta" 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoalarning mundialda g‘olib bo‘lish imkoniyatlarini baholadi. Tahminlarga ko‘ra, jahon chempioni bo‘lishga eng yaxshi imkoniyat 17.0 % bilan Ispaniyada. "Qizil furiyalar"dan so‘ng Frantsiya (14.1 %) va Angliya (11.8 %) terma jamoalarining imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.

Kuchli o‘ntalikdan Argentina (8.7 %), Germaniya (7.1 %), Portugaliya (6.8 %), Braziliya (5.6 %), Niderlandiya (5.2 %), Norvegiya (2.3 %) va Kolumbiya (2.0 %) o‘rin olishgan.

Osiyo terma jamoalari orasida eng baland baholangan imkoniyat Yaponiyaga tegishli — 0.9 %. 

O‘z tarixidan ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekistonning chempion bo‘lish imkoniyati 0.2 foiz deya baholandi. Mundialga yo‘llanma uchun terma jamoamiz bilan kurashgan Eron va Qatarning imkoniyatlari 0.2 % va 0.1 foiz deb tahmin qilindi.

Image

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!