
"Muradov_professional_Liga" ning ikkinchi turniri Andijonda bo‘ladi. Markaziy jangda kim oktagonga ko‘tarilishi ham ma’lum
O‘zbekiston MMA olamida birinchi bo‘lib, jahonning eng mashhur promousheni bo‘lgan UFCda faoliyatini boshlagan Mahmud Muradov tomonidan "Muradov_professional_Liga" promousheniga asos solingandi. Ushbu liganing dastlabkisi Toshkent shahrida tashkil qilingan.
Ikkinchi turniri esa 5 dekabr kuni Andijon shahrida bo‘lib o‘tadi. Navbatdagi jang kechasining markaziy to‘qnashuvida ham avvalgisi kabi yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan MMA vakili Shohasan Mirzamatov oktagonga ko‘tariladi.
Shuningdek, bir qator qiziqarli janglar o‘rin olgan. Yurtimizning salohiyatli sportchilari bilan bir qatorda xorijdan yuqori klassga ega bo‘lgan, jangchilar taklif qilinishi ko‘zda tutilgan.Tez orada jang kechasining to‘liq fayt-kardini ham e’tiboringizga havola etamiz.
Fikrlar