
Murod Xonto‘raevning sobiq raqibi Xabib va Fergyuson bilan bitta jang oqshomida oktagonga ko‘tariladi
Rossiyalik Magomed Ankalaev va Moldovalik Ion Kutselaba o‘rtasidagi revansh jangi ma’lum bo‘ldi.
Xabib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdel-Azizning so‘zlariga ko‘ra, ular o‘rtasidagi ikkinchi jang 18 aprel kuni Nyu-Yorkdagi UFC 249 turnirida bo‘lib o‘tadi.
Kechaning asosiy voqeasi esa engil vazn toifasidagi chempion Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi to‘qnashuv bo‘ladi..
Eslatib o‘tamiz: 1 mart kuni Norfolkdagi turnirda Kutselaba texnik nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgan edi. Shuningdek, ushbu moldovalik jangchini hamyurtimiz Murod Xonto‘raev ALASH PRAYD turnirida birinchi raundning o‘zidayoq nokautga uchratgan.
Fikrlar