
Murodjon Ahmadaliev: Men Inoue shu kungacha jang qilgan raqiblariga qaraganda aqlliroq, yaxshiroq va kuchliroqman!
Birinchi yarim engil vazn toifasida sobiq WBA va IBF yo‘nalishlari chempioni Murodjon Ahmadaliev mutlaq jahon chempion bo‘lish istagini bildirdi.
Yaqindagina da’vogarlar jangida meksikalik raqibi Kevin Gonsalesni texnik nokautga uchratib, raqibiga faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni taqdim etgan Ahmadaliev ushbu vaznda mutlaq jahon chempioniga aylanib olgan Naoya Inoue bilan jang qilishga tayyorligini aytdi.
"Insha Alloh, bu buyuk jang bo‘ladi! Inoue — o‘z ishining haqiqiy ustasi! Lekin men u shu kungacha jang qilgan raqiblariga qaraganda aqlliroq, yaxshiroq va kuchliroqman! Chempion, kel jang qilamiz!", - deya Naoyani ringga chorlagan Ahmadaliev.
Manba: O‘zbekiston professional boks federatsiyasi.
Fikrlar