Murodjon Ahmadaliev: "Oxirgi so‘zni ring aytadi — u hech qachon yolg‘on gapirmaydi!”

  • 01.09.2025 13:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boks

Taniqli bokschi, hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev yaponiyalik yulduz Naoya Inouega qarshi bo‘lajak jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Zarbalarim bilan istalgan raqibni larzaga keltira olaman. Hozirgi vazifam — Naoyani mag‘lub etish va buning uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Men eng yuqori darajada raqobat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan barcha narsaga egaman. Inouega kelsak, u Ramon Kardenasga qarshi jangda anchagina qiynaldi. Bunga sabab vazn toifasini oshirgani, deb o‘ylayman. Men uchun esa bu tabiiy vazn. Agar oldinga yurib, zarbalar almashadigan bo‘lsak, jang nokaut bilan yakunlanadi. Men dunyoga eng kuchlilar qatorida ekanimni isbotlayman. Inoue — universalligi bilan mashhur bokschi, biroq oxirgi so‘zni ring aytadi — u hech qachon yolg‘on gapirmaydi”, - dedi charm qo‘lqop ustamiz.

Eslatib o‘tamiz, Murodjon Ahmadaliev (14-1, 11 KO) va Naoya Inoue (30-0, 27 KO) to‘qnashuvi 14 sentyabr kuni Tokio shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кадыров Фердаус
01/09/2025 15:41
Муроджон весь Узбекистан верит в тебя! Покажи все, на что ты способен! Удачи.
Baxil Alihuja
01/09/2025 15:37
умидимиз Муроддан!
муродимизга Мурод етказади