
Murodjon Ahmadalievga kamarlarini boy bergan Daniel Roman bugun qanday g‘alaba qozondi? (Video)
Bilamizki, ikki yo‘nalishda jahon chempioni hisoblangan Murodjon Ahmadaliev o‘ziga tegishli bo‘lgan WVA va IBF jahon chempionlik kamarini Daniel Roman ustidan g‘alaba qozonib, qo‘lga kiritgan. Bugun Amerika Qo‘shma Shtatlarida "Premier Boxing Champions" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan boks oqshomida Roman o‘zining navbatdagi jangini Rikardo Espinosaga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobida g‘alaba qozondi. Jangdan so‘ng bildirib o‘tgan fikrlarida u Murodjon Ahmadaliev bilan revansh jangini o‘tkazishni xohlashini aytib o‘tdi.
Fikrlar