Musso Rafinyaga javob berdi: "Bu o‘g‘irlik emas, biz maydonda yutdik"

  • 15.04.2026 14:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atletiko" darvozaboni Xuan Musso "Barselona" Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan keyin hakamlik borasida aytilgan tanqidlarga munosabat bildirdi.

Maʼlumki, madridliklar ikki oʻyin natijasiga koʻra kataloniyaliklarni chorak finalda musobaqadan chiqarib yubordi. Birinchi uchrashuvda "Atletiko" 2:0 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa, javob bahsida 1:2 hisobida magʻlub boʻlganiqaramay, umumiy hisob ular foydasiga hal boʻldi.

Javob oʻyinidan keyin jarohati sabab maydonga tushmagan Rafinya bosh hakam Kleman Tyurpen faoliyatini qattiq tanqid qilib, "Bu oʻgʻirlik, hakamlikda juda koʻp muammolar boʻldi", deya fikr bildirgandi.

Bu gaplarga javob qaytargan Musso raqib tomonga uchta penalti berilmagan yoki toʻrtta qizil kartochka koʻrsatilmaganligi yoʻqligini taʼkidlab, buni "oʻgʻirlik" deb atash notoʻgʻri ekanini aytdi.

"Rafinya nima demoqchi boʻlganini tushunaman, har qanday inson shunday fikr bildirish mumkin. Men har kimning qarashini hurmat qilaman. Lekin keling, buni oʻgʻirlik demaylik, chunki bu hech narsani oʻzgartirmaydi.

Biz maydonda gʻalaba qozondik, safarda ularni 2:0 hisobida magʻlub etdik. Afsuski, futbolda soʻnggi umid foli — bu qizil kartochka", — dedi Musso.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!