Mutahassis Gvardiolaga "Manchester Siti"dan ketishni maslahat berdi

  • 9 oktabr, 13:50
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha yillar oldin Xosep Gvardiola boshchiligidagi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan futbol analitigi Karles Planshar ispaniyalik mutaxassisning kelajagi haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Gvardiolaning o‘zi “Siti”dan ketish qarorini qabul qilishi mumkin. Menimcha, bir klubdagi loyiha taxminan 5–6 yil davom etishi kerak, undan ko‘p emas. Shu muddatdan keyin dam olish lozim. Men Xosepga yangi ish joyini izlashni maslahat beraman — uni hali oldinda uzoq yo‘l kutmoqda", — deya Plansharning so‘zlarini "Sport.es" nashri keltirdi.

Ma’lumot uchun, Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" APLning 7-turidan so‘ng 13 ochko jamg‘arib, 5-o‘rinda bormoqda. 54 yoshli murabbiyning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!