
Mutaxassislar bu mavsum EChLda kim to‘purar bo‘lishini taxmin qilishdi
Dunyoning etakchi ekspertlik kompaniyalari bu mavsum UEFA Chempionlar ligasida kim eng yaxshi to‘purar bo‘lishi borasida o‘z taxminlarini bildirishdi.
Aksariyat mutaxassislarning fikricha bu safar ushbu musobaqada “Barselona” forvardi Lionel Messi hammadan ko‘p gol uradi. Bu boradagi kuchli uchlikdan esa Krishtianu Ronaldu va Serxio Aguerolar joy olishgan.
Quyida bu boradagi to‘liq ro‘yxat bilan tanishib olishingiz mumkin:
1. Lionel Messi ("Barselona") - koeffitsient 6,00
2. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") - 7,00
3. Serxio Aguero ("Manchester Siti") - 8,00
4. Robert Levandovski ("Bavariya") - 10,00
5. Muhammad Saloh ("Liverpul") - 11,00
6. Neymar (PSJ) - 14,00
7. Kilian Mbappe (PSJ) - 15,00
8. Luis Suares ("Barselona") - 18,00
9. Karim Benzema ("Real") - 25,00
10. Mauro Ikardi ("Inter") - 50,00
Fikrlar