Muxlislar hujumchini tanladi
Muxlislar "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskini jamoaning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi, deb topdi.
Polshalik futbolchi 51 foiz ovoz to‘pladi. Ikkinchi o‘rin 16 foiz ovoz jamlagan himoyachi Alfonso Devisga nasib etgan bo‘lsa, yarim himoyachi Tomas Myuller 13 foiz ko‘rsatkich bilan uchinchi bo‘ldi.
Ushbu so‘rovnoma g‘olibi Levandovski o‘tgan mavsum barcha turnirlar doirasida 55 ta golga mualliflik qildi.
Fikrlar