
Muxlislar jamoa tuzdi
Ispaniyaning Marca nashri o‘z o‘quvchilari o‘rtasida so‘rov o‘tkazib, har bir pozitsiya bo‘yicha eng kuchli futbolchilar ro‘yxatini tuzdi.
So‘rov bir necha bosqichdan iborat bo‘ldi va yakuniy bosqichda har bir pozitsiyasiga ikkitadan nomzod qoldi. O‘quvchilar ulardan birini tanladi. So‘rovnomada umumiy hisobda 500 ming nafardan ziyod muxlis qatnashdi.
Unga ko‘ra, muxlislar orzusidagi jamoa tarkibi quyidagi futbolchilar bo‘lishi kerak.
Darvozabon: Yan Oblak, “Atletiko”.
Qanot himoyachisi: Alfonso Devis, “Bavariya”.
Markaziy himoyachi: Serxio Ramos, “Real”.
Markaziy yarim himoyachi: Kevin De Bryuyne, “Manchester Siti”.
Qanot hujumchisi: Lionel Messi, “Barselona”.
Markaziy hujumchi: Erling Xoland, “Borussiya”.
Fikrlar