Asosiy mazmunga oʻtish

Muxlislar latofatli tennischi Emma Radukanuni Angliyaning "Uotford" klubiga o‘xshatishdi

Makhmudov Jamshidbek
Izohlar: 0

Sababi esa juda qiziq

Britaniyalik tennis muxlislari hamyurti Emma Radukanuning navbatdagi murabbiy almashishiga munosabat bildirishdi. Avvalroq, "US Open" chempioni rossiyalik mutaxassis Dmitriy Tursunov bilan hamkorlikni to‘xtatgani ma’lum qilingandi.

Tursunov bilan birgalikda ish boshlaganidan so‘ng, Radukanu bor-yo‘g‘i 15 ta o‘yin o‘tkazib, sakkizta g‘alabaga erishdi. Dmitriy britaniyalik tennischining so‘nggi 15 oy ichidagi to‘rtinchi murabbiyiga hisoblanadi.

Buyuk Britaniyada Radukanuni "Uotford" futbol klubiga qiyoslashdi. Boisi, ushbu jamoa ham so‘nggi yillarda murabbiylarni tez-tez almashtirib turadi. Ma’lumot uchun, 2020 yildan beri "Uotford"da naq 7 nafar murabbiy almashgan.

Muxlislar Radukanuning murabbiy almashgani haqidagi maqolalar ostida hazilkash izohlar qoldirishni boshladi.

"Uotford" yangiliklari bu erda nima qilmoqda?" — deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

"Radukanu - tennisning "Uotford"i", - deya qo‘shimcha qildi yana biri.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q