Muxlislar “Real” prezidentidan Ronalduni ortga qaytarishni so‘radi

  • 22 iyul, 2022, 12:23
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" muxlislari klub prezidenti Florentino Peresdan "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olishni talab qilmoqda, deb xabar beradi AS.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Los-Anjelesga (AQSh) etib borgan va u erda mashg‘ulot maydoniga yig‘ilgan muxlislar bilan 15 daqiqa davomida uchrashuv o‘tkazgan.

Qayd etilishicha, muxlislar Madrid klubi prezidentidan 37 yoshli portugaliyalikni ortga qaytarishni so‘rashgan.

"Uni "Atletiko"ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymang!" - dedi muxlislardan biri.

Peres bu so‘zlarga munosabat bildirmadi, ammo bu gap boshqa muxlislar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2009 yildan 2018 yilgacha "Real" sharafini himoya qilgan. Oldinroq "Atletiko" hujumchini yozgi transfer oynasi vaqtida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.

O‘tgan mavsumda Ronaldu “Manchester Yunayted”ning barcha musobaqalar doirasdagi 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 24 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!