
Muxlislarimiz befarq bo‘lmagan “Everton”da katta tozalash boshlandi
O‘zbekistonlik Sarvar Ismoilov “Everton” klubi direktorlar kengashiga qabul qilingani haqida xabar bergandik. Shu bois, hamyurtlarimiz Angliya premer-ligasida “Everton”ning o‘yinlariga bundan keying ham befarq bo‘lmaydi.
Jamoani boshqarayotgan Rafael Benites tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qiladigan bo‘ldi. Ispaniyalik mutaxassis talabiga ko‘ra, “Everton”ni Yerri Mina, Andre Gomesh, Xames Rodriges, Bernard Anisio, Jenk Tosun, Fabian Delf kabi futbolchilar tark etishi lozim.
Bu futbolchilar orasidan to‘rt nafarining shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgan va klub ularni sotib yubormoqchi.
Murabbiyning talabi klub rahbariyatiga ham ma’qul keldi. Ular katta maosh olayotgan bu futbolchilarni sotib yuborish orqali, daromad olish barobarida maoshlar fondini ham qisqartirishga muvaffaq bo‘ladi.
Fikrlar