Muzaffar Radjabov yana bir mas’uliyatli lavozimni qabul qilib oldi!

  • 17 iyul, 2023, 15:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Kecha 16 iyul kuni Buxoro shahrida ATF Championship hamda Open FC promoushenlari hamkorlikda ajoyib jang kechasini tashkil etishdi. Mazkur oqshomga ko‘plab mexmonlar tashrif buyurishdi.

Tecno

Jumladan, O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasi raisi Hojiakbar Hakimov ham ushbu turnirni bevosita arenadan kuzatib bordi va turnir mobaynida O‘zbekiston yakkakurash olamining yorqin vakili, ATF Championship promousheni asoschisi Muzaffar Radjabovga O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasi Buxoro, Navoi va Jizzax viloyatlari bo‘limiga rahbarlik vazifasini ishonib topshirdi.

Albatta, Buxoroda nafaqat MMA balki kikboksing va qo‘l jangining rivojiga ulkan xissa qo‘shib kelayotgan, Muzaffar Radjabov bu hududlarda pankration va grepplingning ham jadal sur’atlarda rivojlantira olishiga ishonamiz va bu borada unga omad tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!