Mxitaryanning dubli "Roma"ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi (video)

  • 23.11.2020 00:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiya A Seriyasining 8-turida “Roma” o‘z maydonida “Parma”ni qabul qildi.

Italiya poytaxtidagi “Olimpiko” stadionida kechgan o‘yin maydon egalarining 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni Genrix Mxitaryan (32', 41') o‘z nomiga dubl yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, yana bir golga Borxa Mayoral (28') mualliflik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!