
MXL. Sviterlar reytingi
Qiziq, mashhurlik o‘zi mavhum narsa-yu, lekin uni ham o‘lchash mumkin. Qo‘shiqchilarning mashhurligi kontsertlarga sotilgan biletlar, albomlar, disklar miqdori bilan o‘lchansa, sportchilarda bu jarayon sotilgan futbolkalar miqdori bilan belgilanadi.
MXL sayti joriy yil chempionati mobaynida liganing rasmiy do‘konida sviterlari eng ko‘p sotilgan xokkeychilar top o‘ntaligini taqdim qildi.
Evgeniy Malkin. Pittsburg.
Afsuski, Malkinga o‘ntalikdan joy nasib etmadi, u hozircha 15-o‘rinda. Ammo u “Pittsburg”ning ikkinchi raqamli yulduzi ekanligi aniq. Undan oldingi o‘rinni “Pingvins” vakili egallab turibdi.
10. Rayan Makdona. “Reyndjers”
NXL ro‘yxatida faqatgina uchta himoyachi mavjud: Makdona, Gostisbeera (12-o‘rin) va Kris Letang (16-o‘rin). Ular orasida eng mashhuri, shubhasiz, Rayan.
9. Klod Jiru. “Filadelfiya”
Bu yil u uchun muvaffaqiyat olib kelmadi, uning hisobida atigi 14 ta gol va 58 ochko bor. Shunga qaramay, uning sviteri hali-hanuz muxlislar orasida mashhur.
8. Vladimir Tarasenko. “Sent-Luis”
Vladimirni heq qanday ikkilanishsiz NXL yulduzi deb atash mumkin. Uning sviterlari mavsum boshidanoq talash bo‘lib kelmoqda.
7. Aleksandr Ovechkin. “Vashington”
Ovechkinning o‘ntalikka kirishi avvaldanoq kutilgan edi. Sal pastroqdan joy olganini aytmasa, hammasi joyida.
6. Konnor Makdevid. “Edmonton”
Konnorning mashhurligiga hech shubhalanmasa ham bo‘laveradi. Chunki uning familyasi tushirilgan kiyimlar hali liga boshlanmasidanoq, muxlislar egnida paydo bo‘lib ulgurgan edi. Yildan yilga uning sviterlari ishqibozlar orasida talash bo‘lmoqda.
5. Xenrik Lundkvist. “Reyndjers”
Hech bir darvozabonning sviterlari Lunkdvistniki kabi mashhur bo‘lgan emas.
4. Oston Mettyus. “Toronto”
Oston bunday reytinglarda ilk bor namoyon bo‘lmoqda. Har holda boshlanishi chakki emas. Hatto, keyingi yili Oston birinchilik uchun Makdevid bilan ham bellashishi taxmin qilinmoqda.
3. Jonatan Teyvs. “Chikago”
O‘tgan yili uning sviterlari peshqadamlikni qo‘lga kiritgan edi. Bu yilgi ko‘rsatkich sviterning unchalik yaxshi dizaynga ega emasligi natijasi bo‘lsa ajab emas.
2. Patrik Keyn. “Chikago”
Patrik ikki yildan beri ushbu ro‘yxatda ikkinchilikni mustahkam egallab kelmoqda.
1.Sidni Krosbi. “Pittsburg”
Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Oxirgi yillarda Krosbi jamoa kapitani rolida Stenli Kubogi, Jahon Chempionati Kuboklarini qo‘lga kiritib kelmoqda. “Pittsburg” muxlisi bo‘lmaganlarning uyida ham Krosbi sviterlarini uchratish mumkin.
Saodat Abduraxmanova tarjimasi
Manba: sports.ru
Fikrlar