MYu, "Tottenxem" va "Nyukasl" PSJ hujumchisiga qiziqmoqda

  • 2 avgust, 16:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted," "Tottenxem" va "Nyukasl" PSJning 26 yoshli hujumchisi Randal Kolo Muani qiziqish bildirishmoqda. Bu haqda Le Parisien xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi PSJ bilan mashg‘ulotlarni davom ettirish maqsadida Parijga qaytgan, ammo uning klubda qolishi ehtimoli juda kam.

O‘tgan yilning yanvarida Kolo Muani ijara asosida "Yuventus"ga o‘tgan edi. Bu vaqt ichida hujumchi barcha turnirlarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 30 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!