MYu 170 mln evroga baholanayotgan Kulibalining muqobilini topdi

  • 26 may, 2019, 16:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati "Benfika" himoyachisi Ruben Diashning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” 22 yoshli portugaliyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi. Gap shundaki, mankuanliklar Diashni "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibalining muqobili sifatida qarashmoqda. Boisi, neapolliklar Kulibalini 170 mln evroga baholashmoqda. “Benfika” esa Diashni 68 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Ruben Diash joriy mavsum “Benfika” safida jami 55ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning lissabonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!