MYu afsonasi Angliya klubini boshqarishi mumkin

  • 12 oktabr, 2022, 08:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Maykl Karrik Angliyaning “Midlsbro” klubiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin. Klub Kris Uaylderni ishdan bo‘shatganidan keyin Karrik bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Jamoa ayni vaqtda Chempionshipda 21 - o‘rinda bormoqda.

Maykl futbolchilik faoliyatini tugatganidan so‘ng 2018 yil MYuda yordamchi murabbiy sifatida ish boshladi.

2021 yili esa klubning bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ishdan bo‘shatilganidan keyin jamoani asosiy murabbiy sifatida 3 ta o‘yinda boshqargan va 3 g‘alabaga erishgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!