MYu afsonasi "Siti"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng: Uyat
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Gari Nevill APLning 28-turida “Manchester Siti”dan uchralgan mag‘lubiyatdan (1:4) so‘ng “qizil iblislar”ni tanqid qildi.
“Manchester Yunayted” futbolchilarining 1:3 hisobidagi mag‘lubiyatga munosabati juda ham uyatli. O‘shanda "Manchester Siti" 92 foiz to‘pga egalik qilayotgan edi. Aytishim mumkinki, "Manchester Yunayted" taslim bo‘ldi. Ular shunchaki maydon bo‘ylab yurishdi. Bu esa shunchaki qabul qilinadigan narsa emas. "Manchester Siti" ajoyib o‘ynadi, ammo "Manchester Yunayted" muxlislari uchun bu oson emas. Jamoa so‘nggi 20 daqiqada shunchaki “sochiqni tashladi”. Gap tablodagi hisobda ham emas", - dedi Nevill.
Eslatib o‘tamiz, MYu derbidagi mag‘lubiyatdan so‘ng premer-liga musobaqa jadvalida 5-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar