MYu “Barsa” yulduziga taklif yubordi. Sulsher hayratda!

  • 10 mart, 2021, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” rahbariyati “Barselona”ga mehnati singgan futbolchilardan  Serji Robertoni transferi bo‘yicha Kataloniya klubiga so‘rov yubordi.

Kataloniyaliklarning 29 yoshli universal futbolchiga qo‘ygan narx manchesterliklarga ma’qul kelmadi. “Barsa” rahbariyati Robertoni 60 million evroga baholamoqda.

“Manchester Yunayted” esa futbolchining yoshi va klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanishini inobatga olib, bu miqdordagi mablag‘ni sarflamaydigan bo‘ldi.

Endi Sulsher yozda Angliya chempionatiga moslashgan, yosh va transfer summasi katta bo‘lmagan boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi.

Joriy mavsumda Serji Roberto sakkizta uchrashuvda qatnashib, uchta golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!