MYu bir klubning ikki yetakchisiga 200 million yevro taklif qilmoqchi
"Manchester Yunayted" "Nyukasl"ning ikki yulduzi uchun 200 million evrodan voz kechishga tayyor.
Jurnalist Ben Yakobsning ma'lum qilishicha, "qizil iblislar" "Nyukasl" futbolchilari Entoni Gordon va Sandro Tonalini sotib olishni maqsad qilgan. Xabarga ko‘ra, mankuniyanliklar "hakkalar"ning yetakchilari uchun 200 million evrodan voz kechishga tayyor ekanini ma'lum qilgan. "Nyukasl" ham o‘z yetakchilarini jamoada saqlab qolishga harakat qilishi tabiiy va ularni sotib olish MYuga oson bo‘lmaydi. Gordon joriy mavsumda umumiy 37ta uchrashuvda maydonga tushib, 14ta gol va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali vingerni 60 million evroga baholagan. Tonali esa 41ta bahsda ishtirok etib, 2ta gol va 5ta assist ni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi. Uning narxi 75 million evroni tashkil etadi.
Ma'lumot uchun, "Nyukasl" ayni vaqtda APLda 27ta o‘yin o‘tkazgan va 36 ochko bilan 10-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar