MYU bosh murabbiyi "Everton" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi

  • 24.02.2026 05:07
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

APLning 27-turida "Manchester Yunayted" safarda "Everton"ni 1:0 hisobida taslim qildi. Uchrashuvdan so‘ng esa "qizil iblislar" bosh murabbiyi Maykl Kerrik g‘alabani izohladi.

O‘yin haqida:

"Biz ko‘p ishlashimiz kerak bo‘ldi. "Everton"ga alohida e’tibor berish kerak - ular bizga qiyinchiliklar yaratdi va jarima maydonimizda ko‘p himoyalanishga majbur qildi. Biz fidoyilik bilan himoyalanganimiz yuqori darajada edi. Quruq o‘yinlar o‘tkazish fantastika. Biz yaxshiroq o‘ynay olamiz, lekin shu bilan birga, safarda 1:0 hisobida g‘alaba qozonish yoqimli.

Natija va kayfiyatdan juda mamnunman. Yigitlar bor kuchlarini ishga solib, boshqalar uchun o‘zlarini qurbon qilishdi".

Sheshkoning goli haqida:

"Yaxshi, shafqatsiz yakun. Kunya va Mbemo hammasini a’lo darajada bajarishdi. Zaxiradan maydonga tushganidan keyin o‘yinni o‘zgartirgan Sheshko uchun juda xursandman."

Lammens haqida:

"U bir nechta ajoyib seyvlarni amalga oshirdi, murakkab vaziyatda hotirjam  ko‘rinar edi. U burchak zarbalarida o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi,  bir nechta vaziyatni mukammal taxmin qildi va toza harakat qildi. Bugun u ajoyib edi", - dedi Kerrik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!