
MYu bu transferni tezroq yakunlamoqchi. Sababi, "Tottenxem" ham kurashga kirish arafasida
"Brentford" klubi hujumchisi Brayan Mbeumo "Manchester Yunayted"ga o‘tish arafasida turibdi.
Jurnalist Kristofer Mishelning xabar berishicha, "qizil iblislar" safida transferning yakunlanishiga nisbatan ishonch baland va hamma narsa yaxshi ketmoqda. Klub rahbariyati Mbeumo transferi mavsumoldi yig‘inlariga qadar amalga oshishini kutmoqda.
Biroq, manbaning ta’kidlashicha, MYu ichida bir oz xavotir ham bor — gap shundaki, yaqinda "Tottenxem" bosh murabbiyi etib tayinlangan Tomas Frank Mbeumoni Londonga olib o‘tishga urinishi mumkin.
25 yoshli Kamerun terma jamoasi a’zosi 2024/25 yilgi mavsumda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 9 ta golli pas bilan ajralgan turgan.
Fikrlar