MYu Dyokeresh uchun kurashda "Arsenal" bilan kuch sinashadi!

  • 22.05.2025 16:19
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Sporting"ning shvetsiyalik to‘purari Viktor Dyokeresh transfer bozorida katta talabga ega. "L’Equipe" nashrining xabariga ko‘ra, 26 yoshli hujumchi bilan "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi haftalar davomida "qizil iblislar" futbolchining vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. Asosiy raqobatchi sifatida Londonning "Arsenal" klubi tilga olinmoqda. Bundan tashqari, futbolchiga Evropaning grand klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jumladan, "Barselona" va APLning yana bir necha klublari.

Dyokereshning bozor bahosi 75 million evroga teng. Uning "Sporting" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli forvard ;oriy mavsumda 51 o‘yinda maydonga tushib, 53 ta gol va 13 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!