MYu FIFAga shikoyat bilan murojaat qildi
"Manchester Yunayted" FIFAga shikoyat bilan chiqdi. Bu haqda ESPN nashri ma’lum qildi.
Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, bunga sabab Marokash Nussair Mazrauining "Bornmunt"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishiga ruxsat bermagan. Ma’lum bo‘lishicha, FIFA klublarga Afrika Millatlar Kubogida qatnashadigan terma jamoalarga o‘yinchilarini turnirning birinchi o‘yiniga etti kun qolganda qo‘yib yuborish majburiyati yuklatilgan. Agar MYu shanba kuni o‘ynaganida, Nussair maydonga tushishi mumkin edi. Biroq o‘yin televidenie manfaatlari tufayli dushanbaga ko‘chirilgan.
Shundan so‘ng Marokash terma jamoa himoyachisiga o‘yinda ishtirok etishga ruxsat bermagan. So‘ngra "Qizil iblislar" FIFAga shikoyat bilan murojaat qilgan. Biroq FIFA Marokashning tarafini olgan.
Eslatib o‘tamiz, Amorim shogirdlari ayni vaqtda APL turnir jadvalida 26 ochko bilan 6-o‘rinda ketmoqda.
Fikrlar