MYu futbolchilari klubdan norozi bo‘lmoqda
"Manchester Yunayted"da ichki muammolar ko‘paymoqda.
ESPN xabariga ko‘ra, futbolchilar jamoaning zaxira darvozaboni Serxio Romero "Everton"ga qo‘yib yuborilmaganidan norozi bo‘lgan. Mavsum avvalida Din Xenderson mankuniyaliklar tarkibiga qaytganidan so‘ng, argentinalik futbolchi 4-darvozabonga aylanib qoldi (MYu Chempionlar Ligasi qaydnomasiga 3-posbon sifatida Li Grantni kiritdi). Shuning uchun Romeroning shaxsan o‘zi rahbariyatdan uni boshqa jamoaga qo‘yib yuborishini so‘ragan edi.
33-darvozabon 2015 yildan beri "qizil iblislar" a’zosi hisoblanadi.



Fikrlar