MYu futbolchilarining maoshi 25 foizga kamaytiriladi. Nega?
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa futbolchilarining maoshlarini kamaytirmoqchi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagach, rahbariyat futbolchilarning 25 foizga qisqartirishga qaror qilgan. E’tiborlisi, bu haqdagi band futbolchilarning shartnomalarida belgilab qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” ayni damda 66 ochko bilan APL musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Ular o‘tgan tur EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatidan mahrum bo‘lishgan edi.

Fikrlar