MYu futbolchisi faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi kutilmoqda

  • 26.06.2023 00:13
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Aleks Telles 3 yildan so‘ng yana "Portu"ga qaytishi kulitmoqda. 

"O Jogo" nashrining xabariga ko‘ra, himoyachi "qizil iblislar" safida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga shubha qilmoqda. Shu sababli, futbolchi portugal klubiga qaytishga tayyor. 

"Correio de Manha" nashri bergan xabarga ko‘ra, Telles darvozabon Diogu Koshtaning MYuga o‘tishida "kalit" vazifasini bajarib berishi mumkin. Uning o‘yini bosh murabbiy Serjiu Konseysauga yoqadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Aleks o‘tgan mavsumni "Sevilya" klubi safida ijarada o‘tkazdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!