
MYu golli vaziyatlardan foydalanish borasida juda yomon ko‘rsatgich qayd etmoqda
- Baxtiyorjon Toshtemirov
- Izohlar: 0
- Futbol
"Manchester Yunayted" mavsum boshida vaziyatlarni golga aylantirish borasida jiddiy qiyinchilikka duch kelmoqda. Erik ten Xag shogirdlari kecha bo‘lib o‘tgan APL doirasidagi "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda (0:0) 3 ochko ololmadi, garchi ularda gol urish uchun imkoniyatlar etarli bo‘lgan bo‘lsa ham.
WhoScored ma’lumotlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" hozirda top-5 ligadagi barcha jamoalar orasida golli vaziyatlar yaratish bo‘yicha uchinchi o‘rinda. Biroq "qizil iblislar" joriy mavsum hozircha bor-yo‘g‘i besh marta raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi xolos. Bu borada mankunianliklardan faqatgina “Sautgempton” va “Kalyari” yomonroq ko‘rsatgichga ega.
“Manchester Yunayted” ortda qolgan besh tur yakunlari bo‘yicha 7 ochko jamg‘argan holda APL musobaqa jadvalida 11-o‘rinda bormoqda.