MYu hujumchisi muxlislarga qanday va’da berdi?

  • 23.05.2025 15:30
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" vingeri Amad Diallo Evropa Ligasi finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa muxlislariga murojaat qildi.

Chempionni aniqlab beruvchi uchrashuvda "qizil iblislar" Londonning "Tottenxem" jamoasiga minimal 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

- "Tottenxem"ni tabriklayman. "Manchester Yunayted" muxlislaridan uzr so‘rayman, lekin jamoamiz butun kuchi bilan o‘ynaganini hech kim inkor eta olmaydi. Va’da beramanki, bunday mavsum boshqa takrorlanmaydi. Qo‘llab-quvvatlaganlari uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiraman, shuncha vaqt biz bilan bo‘lganingiz uchun rahmat, - deya Diallo ijtimoiy tarmoqlarda izoh qoldirdi.

Ma’lumot uchun, APLning so‘nggi turi oldidan "qizil iblislar" 39 ochko bilan jadvalda 16-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!