MYu ikki futbolchisiga chiqish eshigini ko‘rsatdi

  • 24.11.2025 16:34
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" jamoaning ikki futbolchisi xizmatidan boshqa foydalanmasligi ma’lum bo‘ldi. Bular Kazemiro va Jeydon Sancho. Ular yozda klubni tark etadi.

"The Sun" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, "qizil iblislar" mazkur o‘yinchilar bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan. Murabbiylar shtabi uzoq muddatli rejalarda ularni keraksiz, deb hisoblaydi. 

Hozirda Sanchoga Dortmundning "Borussiya" klubi va Turkiyaning bir qator etakchi jamoalari aloqaga chiqqani aytilmoqda. Braziliyalik yarim himoyachi esa o‘z faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, APLni 13-turida Ruben Amorim shogirdlari o‘z uyidan "Everton" qarshi maydonga chiqadi.  Bu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 25 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!